Jahon | 10:40 / 16.01.2016
2962
2 daqiqa o‘qiladi

Burkina-Fasodagi mehmonxonada garovga olinganlarning 63 nafari ozod qilindi

Burkina-Faso xavfsizlik xizmati Fransiya tomonidan ko‘rsatilgan yordam vositasida mamlakat poytaxti Uagadugu shahridagi terrorchilar tomonidan egallab olingan Splendid Hotel mehmonxonasini qamal qilish chog‘ida garovda ushlab turilganlarning 63 nafarini tashqariga chiqarib oldi. Ozod qilinganlarning 33 nafari jarohatlangan holda ekani aytilgan. Bu haqda Burkino-Faso Aloqa vaziri ma'lumot bergan.

"Qurbonlar ko‘p, aniq sonini ayta olmayman. Qamal davom etmoqda. Qutqaruv amaliyoti fransuzlarning maxsus kuchlari yordamida olib borilmoqda", degan vazir.

Dastlabki ozod qilingan 33 kishi orasida Burkina-Faso mehnat va ijtimoiy muhofaza vaziri Pengvinde Kleman Savadogo ham bor edi.

Eslatib o‘tamiz, 16 yanvarga o‘tar kechasi Burkina-Faso poytaxti Uagadugudagi Splendid Hotel mehmonxonasiga "Al-Qoida"ning g‘arbiy bo‘limi hisoblanmish "Al-Murabitun" guruhi jangarilari tomonidan hujum uyushtirildi. Hujum vaqtida 20 kishi halok bo‘lgani ma'lum bo‘lgan. Qurbonlar orasida chet elliklar bo‘lishi mumkin.

Qurollangan shaxslar Burkino-Faso poytaxtiga hujum qilib, odamlarni garovga oldi

Manba: Burkino-Faso poytaxtidagi mehmonxonaga hujum natijasida 20 kishi halok bo‘ldi

Burkino-Fasoda AQSh va Fransiya harbiylari yordamida o‘tkazilgan amaliyot orqali 33 kishi jangarilar qo‘lidan ozod qilindi

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish