Sport | 23:35 / 16.01.2016
3395
2 daqiqa o‘qiladi

McLaren o‘zining shaxsiy poygachilar akademiyasini ochdi

McLaren kompaniyasining avtosport bo‘limi o‘zining shaxsiy poygachilar akademiyasini ochdi. Bu akademiya yosh poygachilarni qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida tashkil etildi. Ayni paytda unga 3 nafar poygachi kiritilgan. Bu haqda Buyuk Britaniyada bo‘lib o‘tayotgan Autosport International.ko‘rgazmasida ma'lum qilindi.

Akademiya poygachilari tarkibiga avvalgi mavsumda mos ravishda Yaponiyaning “Formula-3” va GP3 chempionatlarida ishtirok etgan poygachilar Stryuan Mur (20 yosh) va Aleks Fontan (23 yosh) kirdi. Ular bundan avvalroq “Maklaren” dasturida bo‘lgan Endryu Vatsonga (20 yosh) qo‘shilishdi. Vatson o‘tgan yili International GT Open seriyasida birinchi o‘rinni egallagan va McLaren 650S mashinasida GT britan chempionatida ishtirok etgan. Keyinroq ular qatoriga kompaniya tomonidan tanlab olinadigan boshqa poygachilar ham qo‘shiladi.

Mur, Fontan va Vatson McLaren GT bo‘limining muhandislari va zavod poygachilari, jumladan Bruno Senna bilan ishlashni boshlaydilar. Yosh poygachilar uchun poyga dasturlari ishlab chiqilgan. Shuningdek, ular “Maklaren” sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish