Sport | 18:59 / 17.01.2016
10882
2 daqiqa o‘qiladi

Maksimilian Fomin muxlislarni haqorat qilgani uchun kechirim so‘radi

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi himoyachisi Maksimilian Fomin o‘zbekistonlik ishqibozlardan uzr so‘radi.

O‘zbekiston OTJ 16 yanvar kuni Iroqqa yutqazib qo‘yib, Rio-2016 umididan mahrum bo‘lishganidan keyin terma jamoa futbolchisi Fomin futbol saytlari va ijtimoiy tarmoqlardagi muxlislarning tanqidlari hamda haqoratlariga o‘zining feysbukdagi sahifasi orqali haqoratli so‘zlarni yo‘llagandi.

Uning murojaati ishqibozlarning keskin noroziligiga sabab bo‘ldi. Bugun esa Fomin Feysbuk orqali muxlislardan kechirim so‘radi.

"Qadrli do‘stlar. Mening yozganlarim bizga chin qalbdan va yurakdan muxlislik qilgan haqiqiy ishqibozlarga tegishli emas. Sizga chin dildan minnatdorchilik bildiramiz va ishonchingizni oqlamaganimizni bilaman. Biz ham siz kabi jonajon O‘zbekistonimiz olimpiadaga borishni istagandik, ammo bunday bo‘lib chiqmadi. Yana bir marta takrorlayman - bu sport, bu o‘yin, unda barcha narsa sen o‘ylaganingdek bo‘lavermaydi. Men HAQIQIY ishqibozlarimizdan samimiy uzr so‘rayman. Men sizlarni xafa qilishga haqqim yo‘q edi. Men buni istamagandim. Mening murojaatim bizning sha'nimizga axlat ag‘dargan va hamon bu ishni qilayotganlarga aytilgandi", deb yoziladi ikkinchi murojaatda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish