Jahon | 20:05 / 17.01.2016
3569
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada zavodning yuzga yaqin ishchisi kimyoviy zaharlandi

Turkiyaning shimolida, Chanqiri viloyatidagi Shabanezyu tumanida paypoq ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan zavodda tetragidroteofenin moddasi sizib chiqishi hodisasi kuzatildi. Bu haqda Haberturk nashri xabar tarqatgan.

Qayd etilishicha, ushbu hodisa tufayli 100 nafarga yaqin kishi jabrlangan.

Ayni vaqtda zavod yopib qo‘yilgan.

Turkiya FVV hududda tozalash ishlari olib borish va boshqa zarur choralar ko‘rish to‘g‘risida ko‘rsatma bergan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish