Sport | 23:32 / 18.01.2016
2915
2 daqiqa o‘qiladi

«Bavariya»ning sobiq prezidenti qishning so‘nggi kunida qamoqdan chiqadi

«Bavariya» jamoasining sobiq prezidenti Uli Xenness yaqin vaqt ichida qamoqdan chiqadi.

Bild nashri xabariga ko‘ra, u muddatidan oldin, 29 fevral kuni ozod etiladi. 2015 yilning noyabrida u o‘zini shartli ravishda ozod etishlarini so‘rab, murojaatnoma yozgandi.

Eslatib o‘tamiz, 2014 yilning 13 mart kuni Myunxen sudi Xyonessni soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashda aybdor deb topib, 3,6 yillik qamoq jazosiga hukm qilgayedi. Jarayon ayblovchisi "Bavariya"ning sobiq prezidenti davlatdan 27,2 million yevro "urib" qolganini aytgan.

Qamoqqa olinganidan keyin u quyidagicha murojjat qilgan:
"Barcha klubdagilar menga juda yaxshi munosabatda bo‘lishadi. Hayotimda meni uch muhim ishim bor: oilamga, Audi kompaniyasi va albatta "Bavariya". Men hozir bemalol klub tark etmoqdaman. Klub ayni paytda ajoyib holatda. "Bavariya" har tomonlama ancha yuksaldi. Klub ishonchli qo‘llarda. Biz o‘tgan yili fantastik mavsumni o‘tkazdik. So‘nggi haftalardagi mag‘lubiyatlar bularni buzib yuborishi kerak emas.
Men so‘nggi vaqtlarda o‘zim haqimda ancha o‘ylab ko‘rdim. Qilgan ishlarimdan afsusdaman. Men cho‘chqani ishini qilgandim. Davlatdan 30-35 million yevroni bekitib yurgandim. Bu ishimdan afsusdaman. Ushbu pullarni qo‘limdan kelganicha to‘lab beraman.
Men nafaqaga chiqishni rejalashtirganim yo‘q. Umid qilamanki, yana hali sizlar bilan uchrashamiz".

"Bavariya"ning sobiq prezidenti muddatidan oldin qamoqdan chiqishi mumkin

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish