Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2020 yilga qadar 5 mln kishi robotlar tufayli ishidan mahrum bo‘ladi
Bloomberg agentligi Butunjahon iqtisodiy forum tadqiqotiga iqtibos keltirgan holda ma'lum qilishicha, taxminan 5 mln ishchi o‘rni genetika, sun'iy intellekt va robototexnikaning rivojlanishi oqibatida yo‘qolib ketadi.
15 ta eng yirik bozorlarda texnologiyaning rivojlanishi oqibatida 7 mln ga yaqin ish o‘rni yo‘q bo‘lib ketadi va 2 mln ga yaqin yangi ish o‘rni paydo bo‘ladi, deb ma'lum qilinmoqda Future of Jobs deb nomlangan hisobotda. Tadqiqotlar iqtisodiyotning 2 mlrd ishchi va butun dunyo ishchi kuchining 65 foizini qamrab oluvchi sohalarini o‘z ichiga oldi.
Eng katta qisqartirishlarga ma'muriy va idoraviy ishlar bilan shug‘ullanuvchi “oq yoqalar” uchraydi. Ular orasidagi yo‘qotishlar ularning umumiy sonining 2/3 qismini tashkil qiladi. Kompyuter texnologiyalari rivojlanishi tufayli robotlar ba'zi mehnat turlari ishchilarining o‘rnini egallaydi.