Sport | 16:50 / 19.01.2016
4177
1 daqiqa o‘qiladi

Aleksandr Lobanov Eronning "Persepolis" jamoasiga o‘tadi

Toshkentning "Paxtakor" jamoasi darvozaboni Aleksandr Lobanov Eronning "Persepolis" jamoasi safida ko‘rikdan o‘tmoqda. Bu haqda championat.asia nashri xabar bergan.

Bugun tongda Eronga yetib borgan terma jamoa posboni jamoada ko‘rikdan yaxshi o‘ta olsa, yangi mavsumni legioner sifatida boshlaydi.

Avvalroq esa, "Persepolis" boshqa bir o‘zbekistonlik darvozabon Ignatiy Nesterovga qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish