O‘zbekiston | 21:18 / 19.01.2016
3817
2 daqiqa o‘qiladi

Hindistonlik shifokorlar 20 nafar o‘zbekistonlik bolada jarrohlik o‘tkazadi

Yaqin yarim yil ichida tug‘ma yurak nuqsoniga ega 20 nafar o‘zbekistonlik bolaga Hindistonning Gurgaon shahrida joylashgan, jahon darajasidagi tibbiyot markazida jarrohlik operatsiyasi o‘tkaziladi. Ularni “Artemis Medicare Services Limited” kompaniyasi tomonidan asos solingan “Artemis” shifoxonasi shifokorlari operatsiya qiladilar.

Bu 2015 yil kuzida shifoxona rahbariyati va “Sog‘lom avlod uchun” nohukumat xalqaro xayriya jamg‘armasi o‘rtasida imzolangan kelishuvda ko‘zda tutilgan.

Bugungi kunda 5 nafar o‘zbekistonlik bola hind shifokorlarining malakali yordami va muvaffaqiyatli reabilitatsiya tufayli og‘ir darddan forig‘ bo‘ldilar, deb xabar bermoqda telegraf.uz.

Ma'lumot uchun, “Artemis” salomatlik instituti (“Artemis Health Institute”) Gurgaonda joylashgan tibbiyot markazi bo‘lib, uning faoliyatining yo‘nalishlari onkologiya, yurak-tomir kasalliklari, ortopediya, asab tizimi kasalliklarini davolashdan iborat. Shifoxona NaBH xalqaro sertifikati bilan akkreditatsiyalangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish