Texnologiya | 22:00 / 19.01.2016
4327
2 daqiqa o‘qiladi

Hyundai kompaniyasi yig‘iluvchi avtomobilni patentlashtirdi

Hyundai kompaniyasi avtoturar joyda minimal zarur bo‘lgan joyni egallab, yig‘ila oladigan va yana oddiy mashinaga holiga qayta oladigan ixcham shahar avtomobilining yangi konstruksiyasiga AQShda patent oldi. Bu haqda Paultan sayti ma'lum qildi.

Patent arizasiga ko‘ra, kompaniya mashina polining ikkita mustaqil konstruksiyasidan foydalanishni taklif qilmoqda, ulardan biri old g‘ildiraklar bilan, boshqasi orqa g‘ildiraklar bilan bog‘lanadi. Oldi “aravacha” g‘ildirak bazasini kamaytirgan holda orqa g‘ildiraklarga surila oladi.

Shu bilan birga avtomobil tomi ham yig‘iladi: tomning old qismi mashina ichiga kiradi va kuzovning surilayotgan orqa qismi bilan yopiladi. Bu mexanizm ham kompaniya tomonidan patentlashtirildi.

Ushbu mashinaning ishchi prototipini qachon ko‘rish mumkin bo‘ladi, kompaniya bunday avtomobilni seriyali tarzda qachondir ishlab chiqaradimi-yo‘qmi hozircha noma'lum qolmoqda.