Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Apple’ni ishlab chiqarishni AQShga ko‘chirishga va'da berdi
AQSh prezidentligiga respublikachilardan nomzodini ko‘rsatishga urinayotgan milliarder Donald Tramp ushbu lavozimga saylangan taqdirda Apple’ni ishlab chiqarishni AQShga ko‘chirishini ma'lum qildi. Bu haqda CNet xabar bermoqda.
“Biz Apple’ni jin urgur kompyuterlarini boshqa davlatda emas, mana shu davlatda ishlab chiqarishga majbur qilmoqchimiz”, - dedi siyosatchi o‘z chiqishlaridan birida.
Korporatsiya rahbariyatining ishontirib aytishicha, AQShning 50 shtatidan 31tasi kompaniya mahsulotlari uchun detallar yetkazib berishda ishtirok etadi.