Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorxe Sampaoli: Messi, Neymar va Suares o‘rtasidagi do‘stlik futboldagi dahshatli kuch
Chili terma jamoasi bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli «Barselona» klubi hujum uchligi borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Leo, Neymar va Suares o‘rtasidagi do‘stlik – futbolda sodir bo‘lgan eng yomon hodisalardan biri. Leo uchrashuvni bitta o‘zi yutishi mumkin bo‘lgan futbolchi. Agar uning kuchiga Suares va Neymarni qo‘shadigan bo‘lsak... Tasavvur qilyapsizmi? Bunga yo‘l qo‘ymaslik lozim».
Bu uchlikning Madriddagi trio – Beyl, Krishtianu va Benzema ittifoqidan farqi shundaki, ular ham bir-birini to‘ldira oladigan futbolchilar bo‘lishsada, ularning hujumlarini bartaraf etishning imkoni bo‘ladi. Krishtianuga qarshi ham, Benzemaga qarshi ham o‘ynasa bo‘ladi. Benzema ko‘p gol urmoqda, ammo ular birgalikda ko‘p golli vaziyatlar yaratishmayapti", deydi Sampaoli.