Jahon | 10:53 / 20.01.2016
2590
1 daqiqa o‘qiladi

Argentinada harbiylarga narkotik olib o‘tayotgan samolyotlarni urib tushirishga ruxsat berildi

Argentina hukumati jamoat xavfsizligi borasida favqulodda vaziyat joriy qilish hamda havo hududi nazorati chora-tadbirlarini oshirish borasida ko‘rsatma berdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Favqulodda vaziyat butun mamlakat hududida bir yil muddatga uyushgan jinoyatchilik va giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurash maqsadida joriy etildi.

Farmon havo hududini himoya qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni nazarda tutadi, jumladan, qurolli kuchlarga “Argentina havo hududiga bostirib kirgan narkotik tashuvchilarini ogohlantirish, qo‘rqitish va ularga nisbatan kuch ishlatish” huquqini beradi. Xavfsizlik, mudofaa va transport vazirliklariga mamlakatning suv hududlari va portlaridagi nazoratni kuchaytirish topshirildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish