Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chevrolet barcha yo‘llarda yura oladigan ixcham xetchbek namoyish qiladi
Chevrolet kompaniyasi Dehlidagi motorshouda taqdim qilinadigan barcha yo‘llarda yura oladigan ixcham xetchbek kontseptini yaratdi. Beat modeli (boshqa bozorlarda Spark deb nomlanadi) negizida qurilgan yangi avtomobil kompaniyaning Hindistondagi bo‘limi tomonidan ishlab chiqilgan.
Ayni vaqtda Chevrolet kompaniyasi Cross nomini olgan bu prototipning bir dona tizerini chop etdi. Mashina kuzovining old qismi dizayni yangi avloddagi Spark’ga o‘xshaydi, biroq yorug‘lik-diodli tumanga qarshi chiroqlar, old bamperning pastki qismidagi himoyalovchi plastina bilan farqlanadi.
Keyingi avlod Spark xetchbeki 2015 yilning aprelida namoyish qilingandi. Model o‘zidan avvalgi versiyasidan uzunroq qilib yasalgan, 98 ot kuchiga ega 1,4 litrli dvigatel va variator bilan jihozlangan.
Yangi “Spark” General Motors’ning Janubiy Koreyaning Chxanvonedagi zavodida ishlab chiqariladi. Uni 40 dan ortiq davlatlarda sotish mo‘ljallanoqda.