Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Infiniti Q30 avtomobiliga 48 mingta mix yelimlab chiqildi
Infiniti kompaniyasi Buyuk Britaniyadagi zamonaviy san'at yarmarkasi London Art’da art-karga aylantirilgan Q30 xetchbekini namoyish qildi. O‘zining metall simdan yasalgan odam haykallari bilan tanilgan rassom Reychel Daker bu mashina ustida ish olib bordi. Rassom ayol avtomobilga 48 mingta mix yelimlab chiqdi.

Mixlar avtomobilning yarmiga yelimlangan. Dakerning aytishicha, unga har bir mixni yelimlash uchun 10 soniyaga yaqin vaqt ketgan. Shu tariqa, rassom ushbu ishni amalga oshirishiga 8 ming daqiqa yoki 5 yarim kun vaqt sarflagan.
Rassom shuningdek avtomobil oynasidan boshini chiqarib turgan ayol shaklidagi haykalni yaratdi. Rassomning fikricha, haykal mashina tez ketayotgandek his uyg‘otishi kerak.

Infiniti Q30 xetchbeki 2015 yil kuzida namoyish qilingan. Yangi avtomobil “Mersedes” kompaniyasi bilan birga yaratilgan hamda ushbu kompaniyaning shassi va dvigatelini olgan. Model quvvati 107 ot kuchidan 208 ot kuchigacha yeta oladigan benzin va dizelli dvigatellar bilan taklif qilinmoqda. Avtomobil Infiniti’ning Yevropada yig‘iladigan ilk modeli bo‘ladi.

