Jahon | 10:59 / 20.01.2016
2972
2 daqiqa o‘qiladi

Si Tszinpin: Xitoy islom davlatlari bilan hamkorlikni kengaytiradi

Xitoy islom davlatlari bilan hamkorlikni chuqurlashtirishni ko‘zlamoqda. Bu haqda XXR raisi Si Tszinpin seshanba, 19 yanvar kuni Ar-Riyodda Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Iyad bin Amin Madaniy bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma'lum qildi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

“Xitoy tomoni “belbog‘ va yo‘llar” tashabbusi doirasida islom davlatlari bilan manfaatlar integratsiyasini chuqurlashtirish, foydali aloqalarni mustahkamlash, bir-birimizning imkoniyatlarimizdan foydalanish va hamkorlikda rivojlanishni maqsad qilgan”, - dedi XXR raisi.

“Ikki yirik tamaddun – Xitoy va islom o‘rtasida muloqotlarni kengaytirishga to‘g‘ri keladi”, - deya qo‘shimcha qildi Xitoy rahbari. Si Tszinpin Xitoy va islom olami xalqaro masalalarda hamkorlikni mustahkamlash hamda zudlik bilan Falastik muammasini ko‘p tomonlama va adolatli yo‘l bilan hal etish kerakligini ham aytib o‘tdi. Ar-Riyod XXR rahbarining Yaqin Sharq mamlakatlariga uyushtirgan safari chog‘idagi birinchi manzil bo‘ldi. Keyingi o‘rinlarda Si Tszinpin Misr va Eronga ham tashrif buyuradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish