Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyadagi “makdonalds”larda shokoladli kartoshka fri sotila boshlanadi
Yaponiyadagi McDonald's tamaddixonalarida shokoladli sous ostidagi kartoshka fri sotila boshlanadi, deyilmoqda kompaniya xabarida.
Mijozlarga ikkita shokoladli sous: oq shokolad va kakao taklif qilinadi. Yangi taom “Makchoko” deb nomlandi.
Shirin kartoshka yaratuvchilarining aytishicha, “sho‘r va shirin ta'mning bu ajoyib birikmasi qoyilmaqom ta'm yaratadi”.
Yangi taom Yaponiyada 26 yanvardan sotuvga chiqariladi.
McDonald's’ning Yaponiyadagi restoranlarida avvalroq ustiga pishloqli sous quyilgan yoki bekon sepilgan “Chaka-chaka” deb nomlanuvchi kartoshka-fri taklif qilina boshlagandi.