Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 18:39 / 21.01.2016
4050
1 daqiqa o‘qiladi
Dovuto‘g‘li Rossiyani Suriya bo‘yicha muzokaralarga monelik qilishda aybladi
Turkiya bosh vaziri Ahmat Dovuto‘g‘li Suriyadagi urushni bartaraf qilish borasidagi muzokaralarga to‘sqinlik qilayotgan allaqanday kuchlarni esga oldi, deb xabar bermoqda Reuters agentligi.
Davosdagi xalqaro iqtisodiy forumda chiqish qilarkan, bosh vazir “ayrim kuchlar, shu jumladan, Rossiya” muzokaralarni to‘xtatishga intilayotgani, buning uchun kurdlarning “Xalq o‘z-o‘zini mudofaa qilish otryadi” harbiy guruhidan foydalanayotganini aytdi.
“Muzokaralarda terrorchi guruhlar ishtirok etmasligi kerak”, - dedi Dovuto‘g‘li.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish