Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya Mudofaa vazirligi Rossiya Suriyadagi muxolifatga qarshi kurashayotgani haqida ma'lum qildi
Fransiya Mudofaa vaziri Jan-Iv Le Drianning hisoblashicha, Rossiya Suriya hududidagi muxolifat kuchlarini bombalashni bas qilib, IShIDga qarshi kurashni kuchaytirishi kerak. U Suriyada harakat qilayotgan 26 davlatdan iborat koalitsiya vazirlari yig‘ilishida shunday fikrlari bilan chiqish qildi.
"Bizningcha, Rossiya Suriyadagi vaziyat bo‘yicha muhim o‘rin tutuvchi davlat hisoblanadi. Lekin biz buni tan olish bilan birgalikda, Rossiya IShIDga qarshi kurashni muvofiqlashtirishi va bu jangarilarga qarshi kurashayotgan boshqa kuchlar, xususan Suriyadagi muxolifat kuchlarni boshbalashni bas qilishi kerak deb hisoblaymiz", degan fransiyalik vazir.