Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Red Bull tog‘ chang‘isi obektlarida bolidda yurgani uchun jarimaga tortiladi
Formula-1ning Red Bull jamoasi tog‘ chang‘isi trassasida boliddan foydalangani uchun 30 ming yevro miqdorida jarimaga tortilishi mumkin. Bu haqda Tiroler Tageszeitung nashri yozmoqda.
Yanvar oyining o‘rtalarida “Xanenkam” tog‘ chang‘isi festivalida jamoa shou tashkil qilgan bo‘lib, uning davomida Toro Rosso jamoasi haydovchisi Maks Ferstappen Avstriyaning Kittsbyuel kurortining qorli tog‘ yonbag‘ridan o‘tgan edi.
Poygachi 2011 yil mavsumidagi Gran-prida ishtirok etgan RB7 bolidida yurgan edi. Voqea dengiz sathidan 1600 m balandlikda bo‘lib o‘tdi. Tomoshabinlar soni 3.5 ming kishidan ortdi. Shoudan ko‘zlangan maqsad Formula-1ning Avstriya Gran-prisiga diqqat tortish edi.

Ammo tog‘ chang‘isi trassasida avtomobildan foydalanishi uchun kerakli hujjatlar jamoa tomonidan rasmiylashtirilmagani mahalliy hokimiyat vakillariga yoqmadi. Kurort direktori Mixael Bergerning ta'kidlashicha, umumiy foydalanish yo‘llaridan chetda har qanday trasport vositasi tabiatga ziyon yetkazishi mumkin, shu bois buning uchun maxsus ruxsatnoma olish talab qilinadi.