Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jyeyms Bond mashinasi auksionga qo‘yildi
Christie's auksion uyida Jyeyms Bond haqidagi “Spektr” filmida tasvirga olingan avtomobil savdoga qo‘yildi. The Financial Times xabariga ko‘ra, tashkilotchilar uning 2,2 million dollarga sotilishini hisob-kitob qilishmoqda. Auktsion 18 fevral kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.
Bu yerda gap V8 Vantage bazasidagi Aston Martin DB10 modeli haqida ketmoqda. Mashinaga Bond rolini ijro etgan Deniel Kreygning imzosi qo‘yilgan. Savdodan tushgan pullar “Chegarasiz shifokorlar” xayriya tashkiloti ehtiyojlariga yo‘naltiriladi.
007 agentiga tegishli bo‘lgan buyumlar tez-tez auksion savdolariga qo‘yiladi. Masalan, 2015 yilning noyabr oyida “Yasha va o‘lishga qo‘yib ber” filmida Rojyer Mur taqqan Rolex soati 363 ming dollarga sotilgan edi.