Jahon | 18:05 / 22.01.2016
2857
1 daqiqa o‘qiladi

Lavrov BMT bosh kotibi bilan Ukrainadagi vaziyatni muhokama qildi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov BMT bosh kotibi Pan Gi Mun bilan telefon orqali bog‘lanib, Ukraina masalasida fikr almashdi. Bu haqda idoraning rasmiy sayti orqali xabar qilindi.

“Xalqaro hamjamiyatning barcha harakatlarini BMT Xavfsizlik Kengashining 2015 yil 12 fevralidagi Minsk kelishuvlarini ma'qullagan 2202 rezolyutsiyasiga muvofiq amalga oshirish zarurligi ta'kidlab o‘tildi”, - deyiladi xabarnomada. Bundan tashqari, Suriyadagi vaziyat ham muhokama qilindi. Suhbat Rossiya tomonining tashabbusi bilan o‘tkazildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish