Sport | 08:32 / 22.01.2016
3506
2 daqiqa o‘qiladi

«MYu» vakillari Parijda Xosep Gvardiola bilan muzokara o‘tkazdi

«Bavariya» jamoasi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o‘tgan haftada «Manchester Yunayted» vakillari bilan uchrashib, uni bosh murabbiylikka taklif etgan holda muzokara o‘tkazgan.

France Football nashri muxbiri Terri Marshanning yozishicha, bu uchrashuv Parijdagi Bristol mehmonxonasida bo‘lib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, Gvardiola mavsum oxirida «Bavariya»dan ketishini ma'lum qilib bo‘lgan. Shuningdek u Angliya klublaridan birida ishlashni istashini ham bildirgan. Unga «MYu»dan tashqari «Manchester Siti» va «Chelsi» jamoasida ham jiddiy qiziqishlar saqlanib turibdi.

Ayni vaqtda «MYu» Angliya chempionatida 22 uchrashuvda 37 ochko jamg‘arib, beshinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa muxlislari ayni damdagi bosh murabbiy Lui van Gaalning faoliyatidan norozilik bildirib kelishmoqda.

OAV: Van Gaal mavsum yakunida o‘z xohishi bilan «Manchester Yunayted»ni tark etadi