Texnologiya | 12:40 / 23.01.2016
4442
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda 1 oy ichida 300 mingga yaqin dron legallashtirildi

AQSh hududida keyingi 1 oy muddat ichida qariyb 300 mingta dron (uchuvchisiz uchish qurilmalar) egalari hukumat tomonidan bu qurilmalarni rasman ro‘yxatga olish tashabbusi boshlanganidan keyin legallashtirildi. Bu haqda AQSh transport vazirligi saytida xabar berilgan.

Aniqlik kiritilishicha, 295,3 ming kishi o‘z havaskorlik qurilmalarini bepul tarzda rasmiy qaydnomaga kiritgan. Bundan keyin bitta dronni legallashtirish uchun 5 dollar to‘lash talab etiladi.

"Bu jarayon dronlardan foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lmaganlarga yordam berishimizni osonlashtiradi", deyiladi xabarda.