Sport | 15:37 / 23.01.2016
3540
2 daqiqa o‘qiladi

Suares: Neymar istalgan vaqtda birinchi raqamli futbolchiga aylanishi mumkin

"Barselona" hujumchisi Luis Suares jamoadoshlari Lionel Messi va Neymar haqida fikr bildirib o‘tdi.

"Neymar Messidan o‘rganishda davom etmoqda, chunki Leoda o‘rganadigan jihatlar ko‘p. Neymar kelajakda birinchi raqamli o‘yinchiga aylanishi mumkin. Hozircha Messi eng yaxshi futbolchi bo‘lib turibdi.

Messi va Neymar bilan uchligimiz? Maydonda ham, undan tashqarida ham hech birimiz o‘zimizni boshqamizdan ustun hisoblamaymiz, bu juda muhim. Biz jipslashgan jamoamiz.

Muxlislar jamoamizga yordam beradigan har bir goldan va hayotdan zavqlanayotganimizni ko‘rib turishibdi", - deydi Suares.

Xorxe Valdano: Avval Neymar o‘yini bilan Messiga xizmat qilar edi, hozir esa u o‘zini barchadan zo‘r deb biladi

Messi: Bir kun kelib Neymar o‘z «Oltin to‘p»ini qo‘lga kiritadi, men esa bu sovringa o‘ch emasman