Jahon | 10:21 / 23.01.2016
7469
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiyadagi portda rossiyalikka tegishli yaxta yonib ketdi

Turkiyaning Fethi kurorti yaqinidagi portda rossiyalik tadbirkorga tegishli ekani aytilayotgan hashamatli yaxta yonib ketdi. Bu haqda The Daily Mail nashri xabar yozgan.

Queen Anna nomli bu 27 metr uzunlikdagi yaxtada 21 yanvar kunining ikkinchi yarmida yong‘in chiqqan. Bu vaqtda hududda yomg‘ir yog‘ayotgandi. Guvohlar ko‘z o‘ngida alanga butun yaxtani qamray boshlagan. Undagi yong‘in atrofdagi boshqa yaxtalarga o‘tmasligi uchun uni xafsiz hududga sudrab olib o‘tishgan. Shunga qaramasdan, portda unga yonma-yon turgan ikkita yaxta shikastlangan.

Bu yong‘in natijasida kapitan Vladimir Lopata jarohatlangan va shifoxonaga yetkazilgan. Ayni vaqtda yong‘in sabablari o‘rganilmoqda.

Princess 95 toifasida Queen Anna yaxtasi 4 mln funt sterlingga (5,7 mln dollar) baholangan. Boat International nashri ma'lumotiga ko‘ra, yaxta 2009 yilda qurilgan va unga 8 yo‘lovchi uchun VIP joy qilingandi. Yaxtaning egasi haqidagi yagona ma'lumot - u Rossiya fuqarosi ekanidir.

Qayd etish kerakki, bu kabi voqea shu oyning o‘zida Turkiyada ikkinchi marta yuz berishidir. 4 yanvar kuni Marmaris portida The One va Al Jadaf Barbie yaxtalari yonib ketgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish