Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dubaydagi eng mashhur mehmonxonaning maydoni paluba yordamida oshiriladi
Dubaydagi eng mashhur mehmonxona “Burj al-Arab”ning maydonini Forz ko‘rfazi suvi ustiga o‘rnatiladigan paluba hisobiga oshirilishi rejalashtirilmoqda, deb xabar bermoqda Al Arabiya nashri.
Mehmonxonani boshqaruvchi Jumeirah Group kompaniyasida ma'lum qilinishicha, 10 ming kvadrat metrga ega paluba Finlyandiyaning kemasozlik kompaniyasi tomonidan yaratilmoqda. Ta'kidlanishicha, bu loyiha shunday yirik o‘lchamdagi obektni transportirovka qilishning ilk holati bo‘ladi. Paluba fevral oyi o‘rtalarida BAAga olib kelinadi va bir nechta metall qoziqlarga o‘rnatilishi boshlanadi.
Palubada ikkita basseyn, 400 ta shezlong, bar va restoran joylashtiriladi. Bu qurilish mehmonxona 1999 yilda ochilgandan beri unda amalga oshirilgan eng yirik rekonstruksiya bo‘ladi.
60 qavatli “Burj al-Arab” mehmonxonasining qurilishi 1994 yilda boshlangan. Yelkan ko‘rinishidagi bino sohildan 280 metr uzoqlikda yaratilgan sun'iy orol ustida turadi.