Sport | 08:48 / 24.01.2016
5626
2 daqiqa o‘qiladi

Mourino «Manchester Yunayted» rahbariyatiga 6 sahifali maktub yo‘lladi

«Chelsi» jamoasining sobiq bosh murabbiyi Joze Mourino «Manchester Yunayted» rahbariyatiga 6 sahifadan iborat maktub yozdi. Bu haqda ESPN xabar bergan.

Xatda portugaliyalik mutaxassis mankunianliklar rahbariyatidan o‘zini ishga taklif etishni so‘ragan va bunga qanday asoslar borligini bayon etgan.

Unda aytilishicha, 52 yoshli murabbiy «MYu»da ishlash uchun ulkan ishtiyoqqa ega bo‘lib, klub prinsiplariga amal qilishga tayyorligini bildirgan. Shu bilan birga Mourino «Manchester Yunayted»ga ish rejasini ham taqdim etgan.

U «Chelsi»dan ketgach, «Manchester Yunayted»da mavsumni yaxshi o‘tkaza olmayotgan Lui van Gaalning o‘rniga munosib nomzod sifatida qarab kelinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Mourino iste'foga chiqarilganida murabbiyning agentlari «Manchester Yunayted» bilan aloqaga chiqqani aytilgan edi. Ammo klub rahbariyatidagi ba'zi yuqori ta'sirga ega insonlar hamon Mourinoga qarshi va uning janjalga moyilligi hamda himoyaviy o‘yini «Manchester Yunayted»ga mos kelmasligini aytishmoqda.

Qayd etish kerakki, 23 turda ham «Manchester Yunayted» «Sauthempton»ga o‘z maydonida 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi va turnir jadvalining beginchi o‘rnida qoldi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish