Jahon | 16:36 / 25.01.2016
4199
2 daqiqa o‘qiladi

Panda ko‘rinishida kiyingan amerikalik "Qorda cho‘miluvchi" Tyan-Tyan laqabli pandani "jangga chaqirdi"

AQShning Merilend shtatida yashovchi Jyeffri Peres Vashington shahridagi Smitsonian Milliy hayvonot bog‘ida yashovchi Tyan-Tyan laqabli pandani "qorda birgalikda yumalashga" chaqirdi. Bu haqda ABC News xabar tarqatgan.

Bundan oldinroq, Tyan-Tyanning "qorda cho‘milayotgani" tasvirlangan video internetda mashhur bo‘lgandi.

Peres panda ko‘rinishida kiyinib, qorda Tyan-Tyan kabi yumalagan va bu holat tasvirga olingan.

U AQShda qor bo‘ronlari tugagach, oilasi bilan Vashingtondagi hayvonot bog‘iga borib, yana panda qiyofasiga kirmoqchi va Tyan-Tyan bilan uchrashmoqchi. U shuningdek, bog‘da Bey-Beyni uchratish umidida.

AQSh sharqidagi qor bo‘ronlari tufayli 6ta shtatda favqulodda vaziyat e'lon qilinishiga olib kelgan. Qor bo‘ronlari tufayli o‘ndan ortiq kishi halok bo‘lgan va 8 mingdan ortiq aviareys bekor qilingan.