Jahon | 08:02 / 25.01.2016
3416
1 daqiqa o‘qiladi

Vashingtondagi davlat muassasalari qor yog‘ishi tufayli yopiladigan bo‘ldi

AQShning poytaxti Vashingtondagi federal davlat muassasalari qor yog‘ishi oqibatlari tufayli 25 yanvarda yopiladigan bo‘ldi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Kolumbiya okrugi ma'muriyati ham yopiladi.

AQSh sharqida 50-70 smlik qor yog‘di, 11 shtatda favqulodda vaziyat e'lon qilindi. 28 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilinmoqda.

Avvalroq AQSh vakillar palatasi qor bo‘roni tufayli o‘z majlisini qoldirgani ma'lum qilingandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish