Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 23:41 / 26.01.2016
2948
1 daqiqa o‘qiladi
Adebayor «Kristal Pelas» safiga o‘tdi
«Kristal Pelas» togolik tajribali hujumchi Emmanuel Adebayorning transferi haqida e'lon qildi.
31 yoshli futbolchi bilan mavsum so‘ngiga qadar bitim tuzilgan.
Futbolchi yangi jamoasida 25 raqam ostida harakat qiladi.
Londonliklarning asosiy hujumchisi Yannik Bolazi jarohat olib keyingi o‘yinlarda maydonga tusha olmayotgandi.
Alan Pardyu boshqaruvidagi bu jamoada shuningdek, Duayt Geyl, Freyzer Kempbell, Konnor Uikhem, Maruan Shamax kabi hujumchilar bor.
Adebayor o‘tgan yilning sentabrida «Tottenhem»dan ketgandi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish