Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliya Ochiq chempionatini O‘zbekistonning yana bir vakili tark etdi
Melburn shahrida “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi Avstraliya Ochiq chempionatining o‘smirlar o‘rtasidagi musobaqasi ham davom etyapti. O‘smirlar bahsida qatnashish uchun O‘zbekistondan ikki nafar tennischi yashil qit'aga borgandi.
Turnirda yettinchi raqam ostida tasniflangan Jo‘rabek Karimov ilk davrada AQSh vakili Ezikel Klarkni 6:1, 6:3, ikkinchi bosqichda gonkonglik Entoni Tangni 6:4, 6:4 hisobida yengdi. Endi u uchinchi davrada koreyalik Chang-Yon Oxga qarshi kortga chiqadi.
Jo‘rabek Karimov o‘tgan yilgi Avstraliya Ochiq chempionatida yarim finalga qadar yetib kelgandi. O‘zbekistonning ikkinchi vakili Humoyun Sultonov esa ilk davrada britaniyalik Yevan Murni 6:4, 6:2 hisobida taslim etdi. Lekin ikkinchi bosqichda musobaqaning birinchi raketkasi vengriyalik Met Valkushga 5:7, 6:0, 4:6 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bu haqda "Olamsport.som" sayti xabar yozgan.
Australian Open. Istomin dunyoning 17-raketkasiga yutqazdi