Jahon | 20:26 / 26.01.2016
5745
1 daqiqa o‘qiladi

Hindistonda harbiy samolyot yerga tasodifan 5ta bomba tashladi

Hindistonning Rajastxan shtatidagi Gagdi shahri yaqinidan uchayotgan qiruvchi samolyot xatolik tufayli yerga beshta bomba tashlagan.

Bombalar aholi yashamaydigan joyga tushgan, jabrlanuvchilar yo‘q.

Qayd etilishicha, portlagan bomba ovozi o‘nlab kilometrlardan eshitilgan. Voqea joyiga Hindiston Harbiy havo kuchlari vakillari yetib kelishgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish