Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik dzyudochilar Kubadagi Gran-Prida 25-o‘rinni egallashdi
22-24 yanvar kunlari Kuba poytaxti Gavanada dzyudo bo‘yicha Gran-Pri turkumiga kiruvchi yirik xalqaro turnir o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati ma'lum qildi.
Dunyoning yetmishga yaqin davlati vakillari (423 sportchi - 257 nafar erkak, 166 nafar ayol) ishtirokida o‘tgan mazkur musobaqada Rio-de-Janeyroda o‘tkaziladigan yozgi Olimpiada o‘yinlari yo‘llanmalariga reyting ochkolari uchun ham bahs bordi.
Gran-Prida uchta oltin va bitta bronza medaliga sazovor bo‘lgan Rossiya terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi, 2ta oltin, 1ta kumush va 2ta bronza medalini qo‘lga kiritgan Kuba vakillari ikkinchi, 2ta oltin va 1ta kumush medal egasi bo‘lgan isroillik dzyudo ustalari uchinchi o‘rinni egallashdi.
Gran-Pri turnirida 11 nafar o‘zbekistonlik sportchi ishtirok etdi. Sharofiddin Lutfullayev va Gulnoza Matniyozova o‘z vazn toifalarida beshinchi o‘rinni egalladi, terma jamoa esa yakunda umumjamoa hisobida 25-o‘rinni band etdi.