Texnologiya | 21:21 / 26.01.2016
5046
1 daqiqa o‘qiladi

Robot kubik Rubikni bir soniyada yig‘a oldi

Havaskor ixtirochilar Jyey Fletlend va Pol Rouz tomonidan yaratilgan robot kubik Rubikni yig‘ish bo‘yicha yangi jahon rekordini o‘rnatdi. Ushbu natija hali Ginness rekordlar kitobi xodimlari tomonidan qayd qilinmagan bo‘lsa-da, Youtube portalida joylashtirilgan rolikda muhrlangan. 

Qo‘lbola mashinaga kubik Rubikni yig‘ish uchun bor-yo‘g‘i 1.019 soniya kerak bo‘ldi. Robot ranglarni kuzatuvchi 4 ta web-kamera, bir nechta dvigatel, kubikni ushlab turuvchi va kerakli kvadratlarni aylantiruvchi 3D-printerda bosilgan detallar hamda kompyuterdan tashkil topgan. Maxsus dastur kameradan olinuvchi tasvirlarni qayta ishlaydi va robot uning buyruqlari asosida eng kam miqdordagi harakatlar ketma-ketligini bajarib, uni yig‘adi.

Bu boradagi avvalgi rekord 3,253 soniyani tashkil qilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish