Jahon | 21:36 / 26.01.2016
4031
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada grippdan 50 kishi halok bo‘ldi

Rossiyaning ba'zi hududlarida gripp bilan kasallanish va undan o‘lishning yuqoriligi cho‘chqa grippi virusining mutatsiya bilan bog‘liq bo‘lmoqda. Bu haqda Gripp ilmiy tadqiqot institutining biotexnologiya va dori vositalarini tashxislash laboratoriyasi boshlig‘i Anna Sominina TASS axborot agentligiga ma'lum qildi.

Somininaning aytishicha, grippdan Rossiyada hammasi bo‘lib 50 nafar odam, jumladan joriy haftada 24 odam halok bo‘lgan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining rasmiy vakili Kristian Lindmayyer Rossiyada cho‘chqa grippining tarqalishi mavsumiy omil ekanligini aytdi. O‘z navbatida, Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Veronika Skvortsova mamlakatda gripp bilan bog‘liq vaziyat nazorat ostida ekanligini ta'qidlamoqda.

Shuningdek, 37 ta hududda gripp epidemiologik chegaradan oshgani ma'lum qilindi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish