Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 09:48 / 26.01.2016
11614
1 daqiqa o‘qiladi
Rossiyada sud vaqtida o‘zbekistonlik ayolni to‘lg‘oq tutdi
Rossiyaning Orenburg viloyati Adamovskiy tuman sudida hukm o‘qilganidan so‘ng 28 yoshli O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan ayolning to‘lg‘og‘i boshlangan. Bu haqda Vremya56.rf sayti xabar qildi.
Xabarda keltirilishicha, ayol to‘lg‘oq boshlanishi bilan shifoxonaga yetkazilgan va u yerda farzandini dunyoga keltirgan.
Hamyurtimiz Rossiya Federatsiyasi davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tgani uchun besh oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Ayni paytda mahkuma va uning farzandi salomatligiga hech qanday tahdid yo‘q.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish