Texnologiya | 22:37 / 26.01.2016
6485
2 daqiqa o‘qiladi

Video: Lada Vestaning birinchi krash-testi o‘tkazildi

Lada Vesta avtomobili krash-testi paytida zarbadan keyin old oynasi butun qolgan birinchi mashina bo‘ldi. Bundan tashqari, sinov paytida ERA-GLONASS tizimi ishga tushdi.

Passiv xavfsizlikni baholash bo‘yicha ARCAP dasturi doirasida Dmitrov avtopoligonida “Avtorevyu” nashri buyurtmasiga ko‘ra “Komfort” komplektatsiyadagi Lada Vesta avtomobilining birinchi mustaqil krash-testi o‘tkazildi. Mashina haydovchi o‘tiradigan tomoni bilan 64 km/soat tezlikda deformatsiyalanadigan to‘siqqa urildi.

Sinovning rasmiy ma'lumotlari keyinroq chop etiladi, biroq nashr mutaxassislarining aytishicha, AvtoVAZ vakillari ko‘z bilan chamalab, natijalarning kutilgandek bo‘lganini qayd qilishdi. Umuman olganda, Vesta zarbadan keyin old oynasi butun qolgan birinchi avtomobil bo‘ldi. Bundan tashqari, sinov paytida ERA-GLONASS tizimi ishga tushdi: zarbadan 10 soniyadan keyin koll-sentrdan yordam berish taklifi va avtomobilning aniq joylashgan o‘rni haqidagi so‘rov keldi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish