Texnologiya | 00:06 / 27.01.2016
4242
2 daqiqa o‘qiladi

Mask Xitoyda Tesla avtomobillarini ishlab chiqarish uchun hamkor qidirmoqda

AQShning elektromobillar ishlab chiqaruchi Tesla Motors kompaniyasi Xitoyda avtomobillar ishlab chiqarish uchun hamkor izlamoqda. Bu haqda kompaniya rahbari Ilon Mask Gonkongdagi matbuot-anjumanida ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Rambler News Service nashri.

Mask bu borada Xitoy hukumatidagi amaldorlar bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazganini qo‘shimcha qildi.

Uning aytishicha, bunda asosiy e'tibor haydovchisiz mashinalarni ishlab chiqarishga ajratiladi.

Ayni paytda Tesla elektrokarlari qatori ikkita model: Model S xetchbeki va Model X krossoveridan iborat. Model X’ning bazaviy versiyasi 80 ming dollar turadi.

Tesla avtomobillari tezlik va masofani nazorat qiluvchi avtopilot bilan jihozlangan. Bundan tashqari, mashina povorotnik yoqilganda bir polosadan boshqa polosaga o‘zi mustaqil o‘ta oladi. Yaqinda muhandislar Tesla’ni garajga mustaqil ravishda, haydovchisiz kirishga o‘rgatishdi.

2015 yilda kompaniya 50 mingdan ko‘proq avtomobil sotgan.