Sport | 21:06 / 27.01.2016
8234
1 daqiqa o‘qiladi

Ronaldu Monte-Karloda 140 mln yevroga mehmonxona sotib oldi

«Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘z mablag‘ini ko‘chmas mulkka tikishda davom etmoqda.

Marca nashrida yozilishicha, portugaliyalik futbolchi Monte-Karloning eng mashhur joyidagi mehmonxonalardan birini xarid qilgan.

Ronaldu mazkur mehmonxonani italiyalik tadbirkor Alessandro Protodan 140 million yevroga sotib olgani aytilgan.

O‘tgan yilning avgustida Ronaldu Nyu-Yorkda joylashgan «Tramp-tauer» binosidagi loftni 18,5 million dollarga sotib olgan edi.

Dekabrda u Pestana Hotel Group kompaniyasi bilan hamkorlikda CR7 nomli 4ta mehmonxona ochishi haqida xabar berilgan edi.

Yangi yilning birinchi kunida Ronaldu futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan keyin shohona hayot kechirmoqchi ekanini aytib o‘tgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish