Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zlatan Ibrohimovich Fransiyada eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylandi
Fransiyaning "PSJ" jamoasi hujumchisi Zlatan Ibrohimovich Fransiya chempionatida eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylandi. Bu haqda Le Parisen nashri xabar bergan.
Shvetsiyalik hujumchi oyiga 1,5 mln yevro maosh oladi. Barcha soliqlarni hisoblagan holda uning daromadi 1 mln yevroga teng ekani ma'lum bo‘ldi. Avvalgi kelishuvda Ibrohimovichning oylik maoshi 800 ming yevroni tashkil qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Zlatan Ibrohimovichning amaldagi shartnomasi joriy yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Joriy mavsumda u jamoa bilan 17ta uchrashuv o‘tkazib, 17ta gol urgan va 6ta samarali to‘p uzatishni amalga oshirgan.