Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2015 yilda Qozog‘iston yo‘llarida yana 80 ta qimmatbaho mashina paydo bo‘ldi
Qozog‘iston avtomobil bozori uchun hayajonli bo‘lgan 2015 yilda mamlakatning qimmatbaho mashinalari parki taxminan yana 80 ta qimmatbaho mashina bilan boyidi, ular orasida Luxury sinfidagi mashinalar, superkarlar bor.
Ko‘rinishicha, moliyaviy inqiroz qozog‘istonlik qimmatbaho mashinalar ishqibozlari uchun ta'sir qilmagan ko‘rinadi, deb ma'lum qilmoqda Kolesa.kz.
2015 yilda qimmatbaho mashinalar ixlosmandlari orasida eng ommabop mashinalar Bentley sedanlari va kupesi bo‘ldi. Qozog‘istonda 2015 yilda 36 ta shunday avtomobil ro‘yxatdan o‘tkazildi, ulardan 27 tasi Rossiyadan keltirilgan.
Bu borada 2-o‘rinni yana bitta “britishi”, ya'ni Britaniyada ishlab chiqariladigan Rolls-Royce markasi egalladi. 2015 yilda Qozog‘istonga bunday mashinalardan 17 tasi keltirilgan, Rolls-Royce va Bentley’ning Qozog‘istonda rasmiy dileri borligiga qaramasdan, ularning 16 tasi Rossiyadan keltirilgan.
Yetakchi uchlikdan Italiyaning Lamborghini markasi joy oldi, 2015 yilda bunday mashinalardan 6 tasi, jumladan 2 ta yangigina Huracan keltirilgan.
Keyingi o‘rinni Maserati va Maybach limuzinlari egalladi, ularning har biridan 5 donadan keltirilgan.
Qimmatbaho avtomobillar orasida eng kam talab Aston Martin’ga bo‘lgan, bu modeldan Qozog‘istonga bor-yo‘g‘i bitta dona keltirilgan.
Qozog‘istonda ommalashib borayotgan Tesla elektromobillarini ham alohida ta'kidlab o‘tish lozim. Qozog‘istonda bunday avtomobillardan foydalanishga mo‘ljallangan infratuzilmaning umuman yo‘qligiga qaramasdan, Tesla Model S avtomobillarining Olmaota va Ostonada yurgani kuzatilgan. 2015 yilda bunday mashinadan 9 tasi keltirilgan.
Shuningdek, 2015 yilda Qozog‘iston yo‘llarida BMW’ning juda kamyob modellari – 2 ta i8 gibrid sportkupesi va bitta i3 xetchbekini ko‘rish mumkin bo‘ldi.

Porsche markasi haqida gapiriladigan bo‘lsa, Qozog‘istonga 2015 yilda bu markaning 911 kupesidan 2 tasi olib kelindi.
Jaguar’ning F-Type modelidan bir dona keltirildi.

Qozog‘istonda ro‘yxatga olingan qimmatbaho avtomobillar soni haqidagi ma'lumot to‘liq bo‘lmasligi mumkin, chunki bunday qimmatbaho mashinalar mavjud bo‘lmagan pastroq sinfdagi avtomobillarga tegishli avtomobil raqamlarini taqib yurgan holatlar ham uchragan.

Shunday holatlardan oxirgisi Ostonada 6 g‘ildirakli Mercedes-Benz G 63 AMG modeli bilan yuz berdi. Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, unga o‘rnatilgan 257ADM raqami birorta ham avtomobilga biriktirilmagan bo‘lgan. Ana endi o‘zingiz xulosa chiqaravering, Qozog‘iston yo‘llarida shunday mashinalardan yana qanchasi yurgan bo‘lishi mumkin.