Sport | 19:18 / 28.01.2016
2767
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Amerika FIFA prezidentligi uchun saylovda Infantino nomzodini qo‘llab-quvvatlaydi

Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi UYeFA bosh kotibi Janni Infantinoni FIFA prezidentligi uchun saylovda qo‘llab-quvvatlashi haqida rasman ma'lum qildi.

Bu qaror KONMeBOL ijroiya qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan. Qo‘mita a'zolari Infantinoning nomzodini bir ovozdan ma'qullashgan.

Qayd etish kerakki, shu kunlarda KONMeBOLning ijroiya qo‘mitasi yangi tarkibga ega bo‘ldi. Tashkilot rahbari etib, Paragvay vakili Alexandro Dominges tayinlangan.

Germaniya FF Infantinoni FIFA prezidentligi uchun saylovda qo‘llab-quvvatlamoqchi

Rossiya Infantinoni FIFA prezidentligi uchun saylovda qo‘llab-quvvatlaydi

Infantino FIFA prezidentligiga saylansa, birinchi kundanoq islohotlarni boshlashga va'da qildi