Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyalik prodyuser Xodorkovskiy bilan uchrashuvni “bzdyulka” deb atadi
Rossiyalik musiqiy prodyuser Igor Prigojin YuKOSning sobiq rahbari Mixail Xodorkovskiy bilan London restoranlaridan birida tasodifan uchrashib qolganini aytdi. Twitter’dagi mikroblogida u muxolif siyosatchi bilan tushgan suratiga ko‘plab foydalanuvchilar tomonidan haqoratli fikrlar bildirilganini tan oldi.
“Har qanday bzdyulka (arzimas tafsilot) uchun chormix qilish va yaxshi ishlarni unutishga tayyorlar”, - deb nolidi shou-biznes vakili.
28 yanvar kuni “Govorit Moskva” radiostansiyasiga bergan intervyusida Prigojin qidiruvga berilgan siyosatchi bilan suhbati hurmat yuzasidangina bo‘lib o‘tganini ta'kidlab o‘tdi.