Sport | 22:05 / 28.01.2016
12095
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda yangi bolalar va o‘smirlar sport maktabi barpo etildi

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida bolalar va o‘smirlar uchun yangi sport maktabi binosi foydalanishga topshirildi

Maktab binosida barcha zarur jihoz va trenajyorlar bilan ta'minlangan sport zali, yopiq suzish havzasi, tibbiyot, yuvinish va kiyim almashtirish xonalari mavjud.

Bu yerda 500 nafardan ziyod o‘g‘il-qiz futbol, basketbol, voleybol, suzish, taekvondo, erkin va yunon-rum kurashi kabi sport turlari bilan shug‘ullanish imkoniga ega.