Jahon | 09:28 / 28.01.2016
13329
2 daqiqa o‘qiladi

Vladimir Putinning Rossiyadagi reytingi pasaydi

Jamoat fikrini o‘rganuvchi “Levada-sentr” tomonidan yanvarda o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra, rossiyaliklar orasida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning amalga oshirayotgan ishlarini ma'qullash reytingi 82 foizga tushib ketdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi. So‘rovnomaga ko‘ra, so‘rovnoma ishtirokchilarining 18 foizi Putinning olib borayotgan ishlaridan qoniqmayotganini bildirgan.

Bu orada so‘ralganlarning 45 foizi Rossiya to‘g‘ri yo‘nalishda borayotganini ta'kidlashgan. Vaholanki, 2015 yil iyun oyi natijalariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 89 foizni tashkil qilgandi, dekabr oyida esa 85 foizga tushib ketgan.
So‘ralganlarning 34 foizi Rossiya noto‘g‘ri yo‘nalishda ketayotganini ta'kidlashgan.

Shunga qaramasdan, rossiyaliklar orasida eng ko‘p ishonch bildiriladigan siyosatchilar orasida Putin 1-o‘rinni egallamoqda. 2-o‘rinni mudofaa vaziri Sergey Shoygu egallamoqda, unga so‘ralganlarning 26 foizi ishonch bildirgan. 3-o‘rinni tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov (20 foiz), 4-o‘rinni bosh vazir Dmitriy Medvedev (16 foiz) egallamoqda.

“Levada-sentr” bu so‘rovnomani 22-25 yanvar kunlari o‘tkazgan, so‘rovnomada Rossiyaning 48 ta hududidan jami 1600 kishi ishtirok etgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish