Sport | 18:10 / 29.01.2016
2044
2 daqiqa o‘qiladi

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Minskdagi xalqaro turnirda ishtirok etadi

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 2016 yilning 1-6 fevral kunlari Belarus poytaxti Minsk shahrida bo‘lib o‘tadigan Viktor Liventsev xotirasiga bag‘ishlgan XIV xalqaro musobaqada ishtirok etadi.

O‘zbekiston boks federatsiyasi axborot xizmati bergan xabarga ko‘ra, dunyoning 17ta, jumladan Ozarboyjon, Armaniston, Gruziya, Qozog‘iston, Latviya, Litva, Rossiya, O‘zbekiston, Ukraina va boshqa mamlakati ishtirok etadigan musobaqa AIBA qoidalari asosida 10 vazn toifasida bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston sharafini mazkur musobaqada Hasanboy Do‘smatov (49 kg.ga vazn toifasida), Shahobiddin Zoirov (- 52 kg), Shahram G‘iyosov (- 69 kg), Elshod Rasulov (- 81 kg), Rustam To‘laganov (- 91 kg) va Bahodir Jalolov (+91 kg) himoya qilishadi.

Jamoaga Marat Qurbonov, Rustam Saidov, Istam Kabinov va Abduvali Shomirzayevlar murabbiylik qiladi.

Shuningdek turnirda O‘zbekiston vakili Jasur Qurbonov hakamlar jamoasi vakili sifatida ishtirok etadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish