O‘zbekiston | 10:49 / 29.01.2016
6356
1 daqiqa o‘qiladi

G‘afur G‘ulom bog‘i quyosh energiyasi orqali yoritiladi

Toshkent shahridagi G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida fotoelektr stansiyalari o‘rnatiladi.

Bu loyiha 2016 yilda shahar tabiiy muhiti holatini yaxshilash, ekologik barqarorliqni ta'minlash rejasiga kiritilgan. Bu haqda Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi raisi Shomurod Muxammedjanov ma'lum qilgan.

"G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida fotoelektr stansiyalarini o‘rnatish qo‘mitaning 2015-2016 yillar rejasiga kiritilgan. Chunki, mazkur istirohat bog‘i juda ko‘p tungi chiroqlar va attraksionlar bilan jihozlanganki, hammasi elektr energiyasida ishlashga mo‘ljallangan", deydi u.

Ushbu fotoelektr qurilmalarini o‘rnatish natijasida istirohat bog‘i hududida tungi chiroqlarni quyosh energiyasi orqali yoritish imkoniyati yuzaga keladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish