Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya Tailandda o‘tadigan Cobra Gold o‘quvlariga 440 harbiy yo‘llaydi
Janubiy Koreya AQSh rahnamoligida Tailandda 6-19 fevral kunlari o‘tkaziladigan Cobra Gold xalqaro harbiy o‘quv mashg‘ulotlariga o‘z harbiy xizmatchilarini yo‘llaydi. Bu haqda Koreya Respublikasi milliy mudofaa vazirligi ma'lumot berdi.
“Mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun 440 dengizchi va dengiz piyodalari, desant kemasi va 8 tank yo‘llanadi”, - deyiladi xabarnomada.
Joriy yilda ushbu o‘quvlarda, AQSh va Tailanddan tashqari, Yaponiya, Malayziya, Singapur va Indoneziyadan jami 7.9 ming harbiy ishtirok etishi aytilgan edi. Xitoy, Buyuk Britaniya, Avstraliya va yana 13 davlat hukumati tadbirga kuzatuvchilarini yo‘llaydi. Janubiy Koreya 2010 yilda Cobra Gold’ning to‘laqonli a'zosiga aylandi.