O‘zbekiston | 21:57 / 29.01.2016
7431
2 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryo viloyatida 2,5 mlrd dollarlik kimyo zavodi qurilishi qoldirildi

2012 yilning mayida "O‘zbekneftegaz" MXK va Singapurning Indorama Group kompaniyasi tomonidan Qashqadaryo viloyatidagi Muborak gazni qayta ishlash zavodida gaz-kimyo majmuasini qurish maqsadida yaratilgan UzIndoramaGasChemical qo‘shma korxonasi majmuani qurish loyihasini neft bozoridagi narxlar pastligi sababli qoldirdi, deb xabar berdi RIA “Novosti” axborot agentligiga qo‘shma korxona xodimi.

“Loyiha noma'lum muddatga qoldirildi, jahondagi narxlar bu yilda qurilishni boshlashga imkon bermaydi”, deb aytdi korxona xodimi. Uning aytishicha, loyiha ishtirokchilari uning amalga oshirilishiga yangi ishtirokchilarni jalb qila olmaganlar.

“Joriy yilda loyiha moliyalashtirish kafolatlarining yo‘qligi sababli investitsion dasturga kiritilmadi”, deb aytdi kompaniya xodimi. Uning fikricha, loyihani amalga oshirish energiya zaxiralari bozorida narxlar ijobiy tomonga o‘zgarsa, qayta jonlanishi mumkin.

2,5 mlrd dollarlik loyihani amalga oshirish 2015 yil davomida boshlanishi kerak edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish