Sport | 18:06 / 29.01.2016
3893
2 daqiqa o‘qiladi

«Real» Neymarning otasi bilan kelisha olsa, bu futbolchini tarkibiga qo‘shib oladi

Madridning «Real» klubi rahbariyati «Barselona» hujumchisi Neymarni sotib olishlariga shubha qilishmayapti.

El Mundo Deportivo nashri xabariga ko‘ra «Qirollik klubi» bu transferni amalga oshirish uchun juda katta mablag‘ sarflashga tayyor va futbolchining o‘ziga ham yaxshigina oylik berishni rejalashtirmoqda.

«Bu esa transferning amalga oshishiga ishonish mumkinligini asosiy omili deb hisoblaydi», «Real» vakillari.

Ammo bu transferga birgina to‘siq futbolchining otasi bo‘lishi mumkin. Agar «Real» mutasaddilari hujumchining otasini ham ko‘ndira olishsa, Neymar katta ehtimol bilan shu kunlarda poytaxt tomon yo‘l oladi.

Avvalroq, «Real» prezidenti Florentino Peres Neymarga yillik maoshi 35 million yevro bo‘lgan 5 yillik shartnoma va 30 million yevro ko‘tarma puli taklif qilgani haqida ma'lumot tarqatilgandi.

Neymar: «Barselona»da baxtliman, ammo hamma narsani inobatga olish kerak

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish